Yangi Oʻzbekiston sharoitida tarix va ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari

Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlarga islohotlarning bosh mavzusi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2023-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Bugungi kunda ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan beqiyos e’tiborni va bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning samaralarini kundalik faoliyatimizda yaqqol his qilmoqdamiz. Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilish, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, innovatsion fan va ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy sohа va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga diqqat va e’tibordagi muhim masala sifatida qaralmoqda. Buning uchun avvalambor, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilgʻor standartlarini joriy etish, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 4.0” kontseptsiyasini bosqichma bosqich joriy etish, oliy ta'lim muassasalarida innovatsion markaz, texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ulami tegishli tarmoq, sohа va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalari yutuqlarini jalb etish, ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish talab etilmoqda. 2024-yilni O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan oliy ta’lim musassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida ham bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Davlat oliy ta’lim musassasalari bilan bir qatorda nodavlat oliy oʻquv yurtlarining faoliyati ham ragʻbatlantirilmoqda. Jumladan, oʻtgan davr mobaynida bizning Qarshi innovatsion ta’lim universiteti ham viloyat va respublika miqyosida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi. Ishlab chiqarish jarayoniga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar hamda bozor talabalaridan kelib chiqqan holda о‘quv, ilmiy va innovatsion faoliyatni yangi bosqichga kо‘tarishga qaratilgan amaliy say- harakatlar boshlab yuborildi. 3 YANGI OʻZBEKISTON SHAROITIDA TARIX VA IJTIMOIY FANLARNING DOLZARB MASALALARI, RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI Universitetimizning xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Janubiy Koreyaning Seul va Ansan shaharlarida joylashgan Hanyang Erika universiteti va Gachon universiteti, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod davlat Lingvistika universiteti о‘rtasida qо‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish, professor-о‘qituvchilar, olimlar va talabalar о‘rtasida о‘zaro ilmiy ma’lumot va materiallar almashinuvini yо‘lga qо‘yish, qо‘shma tadqiqot dasturlari, qо‘shma konferensiyalar tashkil etish maqsadida hamkorlik aloqalari о‘rnatildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan Qarshi innovatsion ta’lim universitetida “Yangi Оʻzbekiston sharoitida tarix va ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilayotganligi ham bugungi kunda ilm-fan sohasidagi yangiliklarni oʻrganish, amaliyotga tadbiq etish hamda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan e’tiborning namunasidir. Mazkur anjumanni tashkil etishdan asosiy maqsad ilm-fan sohasida yangi qirralarni yoritish uchun izlanayotgan barchа tadqiqotchilarning ishlarini tahlil etish, ularga oʻz ilmiy ishlarini takomillashtirishda amaliy yordam berish, ularning oldida turgan yangi marralarni belgilab berishdan iboratdir. Oʻylaymanki, bugungi anjumanda ham eng dolzarb masalalar va ularning yechimi boʻyichа aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.