Nigora Sharofutdinovadan super g'alaba!

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo'nalishi magistranti, Koson tumani 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor o'rinbosari Sharofutdinova Nigora Kenja qizi ilmiy faoliyatidagi yuqori natijasi bilan e'tirofga sazovor bo'ldi.
2024-yil 1-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida bo'lib o'tgan “UCHINCHI RENESSANS: INNOVATSIYA VA TADQIQOTLAR DAVRI” nomli respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy to'plam taqdimot marosimida ishtirok etgan Nigora Sharofutdinovaning ilmiy maqolasi minglab tadqiqotlar orasidan nufuzli "Quality Publication" xalqaro ilmiy nashriyoti tomonidan tanlab olindi.
Marosim davomida muallifga nashrning asl nusxasi tantanali ravishda topshirilib, "Uchinchi Renessans uchqunlari" esdalik ko'krak nishoni, faxriy diplom, xalqaro sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.
Tadbir mamlakatning nufuzli OAV vakillari ishtirokida keng yoritilib, muallifning ilmiy izlanishlari respublika darajasida alohida e'tirof etildi.